Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ISSIQLIK MASHINALARINI INTELLEKT XARITA TEXNOLOGIYASI ASOSIDA O‘QITISH ORQALI O‘QUVCHILARNING NOSTANDART FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanining “Issiqlik mashinalari” mavzusini intellekt xarita texnologiyasi asosida o‘qitish orqali o‘quvchilarning nostandart fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasi yoritilgan. Intellekt xarita bug‘ mashinasi, Otto sikli, Dizel sikli, gaz turbinalari va foydali ish koeffitsienti kabi tushunchalarni yagona tizimda ko‘rsatish imkonini beradi. Tadqiqotda vizual ta’lim, muammoli savollar, guruhli faoliyat va ijodiy loyihalash topshiriqlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning fizik jarayonlarni tushunishi, tahlil qilishi va yangi texnik g‘oyalar taklif etish qobiliyati kuchayishi asoslanadi. Maqolada jahon pedagogik adabiyotlarida keng qo‘llaniladigan mind map, lateral thinking, ko‘p qirrali intellekt va konstruktivistik yondashuvlar fizik ta’lim mazmuni bilan bog‘lab tahlil qilindi

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba