Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SUGʻORILADIGAN MAYDONLARDA NOʻXATNI ILDIZ CHIRISH KASALLIGI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada sugʻoriladigan maydonlarda noʻxat (Cicer arietinum L.) ekinining ildiz chirish kasalligiga qarshi urugʻdori preparatlarning biologik samaradorligi oʻrganilgan. Tadqiqotlar 2022–2024-yillarda Toshkent viloyati Qibray tumani Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonida hamda “Turkiston Shernazarova Nargiza” fermer xoʻjaligida oʻtkazildi. Nazorat variantida ildiz chirish kasalligining tarqalishi 17,6%, rivojlanishi 8,3% boʻldi. Kimyoviy preparatlar (Maksim XL 035 FS, Selest top 312 FS) qoʻllanilgan variantlarda kasallik tarqalishi 2,1–2,9% ni, biologik samaradorlik esa 83,5–88,1% ni tashkil etdi. Mikrobiologik preparatlarning (Bactvipe, Shild, Sanjeevni) samaradorligi 70,4–74,4% boʻldi. Urugʻni ekishdan oldin sinovdan oʻtkazilgan urugʻdori preparatlar bilan dorilab ekish tavsiya etiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba