Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TECHNOLOGICAL OPPORTUNITIES FOR DEVELOPING LOCAL IMPORT-SUBSTITUTING COMPOUND FEEDS FOR TROUT

2026en
ABI

Annotatsiya

Annotatsiya.Zamonaviy akvakulturada baliq mahsuloti tannarxi va ishlab chiqarish samaradorligini belgilaydigan asosiy omillardan biri yuqori sifatli kombikormlar bilan ta'minlanganlik hisoblanadi.Kamalakrang forel-Oncorhynchus mykiss (Walbaum, 1792) yuqori hazmlanuvchan protein, muhim aminokislotalar va energiyaga talabchanligi sababli uni intensiv usulda yetishtirishda maxsus kombikormlardan foydalanish talab etiladi.Mazkur tahliliy maqolada forel baligʻ i uchun import oʻ rnini bosuvchi mahalliy kombikormalar ishlab chiqarishning resurs, biologik va texnologik imkoniyatlari tahlil qilindi.Ushbu tadqiqotda kunjara, shrot, kepak, dukkakli va don mahsulotlari, shuningdek, veterinariya-sanitariya talablariga javob beradigan baliqchilik, parrandachilik va boshqa oziq-ovqat sanoati ikkilamchi mahsulotlaridan protein manbai sifatida foydalanish istiqbollari koʻ rib chiqildi.Oʻ simlik xomashyolaridan foydalanishni cheklovchi fitatlar, tanninlar, proteaza ingibitorlari, kletchatka hamda muhim aminokislotalar disbalansi kabi omillarga alohida e'tibor berildi.Ularning salbiy ta'sirini kamaytirish uchun fermentativ gidroliz, mikrobiologik fermentatsiya, termik ishlov va ekstruziyadan iborat kompleks biotexnologik yondashuv taklif etildi.Xorijiy tadqiqotlar tahlili forel rasionlarida baliq unining muayyan qismini soya, kungaboqar, raps, noʻ xat, paxta protein konsentratlari, parrandachilik, chorvachilik ikkilamchi mahsulotlari, pivo sanoati qoldiqlari, mikrosuvoʻ tlari va boshqa alternativ proteinlar bilan muvaffaqiyatli almashtirish mumkinligini koʻ rsatdi.Oʻ zbekiston sharoiti uchun «mahalliy ikkilamchi xomashyo → sanitariya va ozuqaviy skrining → biokonversiya → komplementar protein kompleksi → muvozanatlashtirilgan reseptura → ekstruziya → biologik va iqtisodiy baholash» texnologik modeli taklif qilinadi.Kalit soʻ zlar: forel, Oncorhynchus mykiss, kombikorm, import oʻ rnini bosish, baliq uni, oʻ simlik proteini,

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar