RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA TALABALARNING AXLOQIY KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida talabalarning axloqiy ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik mexanizmlari nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Raqamli texnologiyalarning oliy ta’lim jarayoniga jadal integratsiyalashuvi sharoitida talabalarning axborotdan mas’uliyatli foydalanishi, akademik halollik tamoyillariga rioya qilishi, raqamli muloqot madaniyatini egallashi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishi, mualliflik huquqini hurmat qilishi va raqamli muhitda mas’uliyatli axloqiy qarorlar qabul qilishi muhim pedagogik vazifa sifatida asoslangan. Tadqiqotda axloqiy ko‘nikmalarni shakllantirishning kognitiv, aksiologik-motivatsion, xulq-atvoriy-amaliy va refleksiv komponentlari aniqlashtirildi. Ularni rivojlantirishga xizmat qiluvchi diagnostik, shakllantiruvchi va nazorat-baholash bosqichlari asosida pedagogik mexanizm ishlab chiqildi. Raqamli keyslar, muammoli vaziyatlar, virtual munozaralar, loyihaviy topshiriqlar, elektron portfolio, refleksiv mashg‘ulotlar va hamkorlikka asoslangan interaktiv metodlardan foydalanish imkoniyatlari yoritildi. Tajriba-sinov natijalari tajriba guruhida axloqiy ko‘nikmalar ko‘rsatkichlarining nazorat guruhiga nisbatan yuqoriroq dinamikada o‘zgarganini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari raqamli ta’lim muhitini axloqiy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish va mas’uliyatli talaba shaxsini shakllantirish uchun metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.