INGLIZ TILIDAGI KOLLOKVIAL BIRLIKLARNI O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA INSON NAZORATIDAGI SUN’IY INTELLEKT: XATOLAR TIPOLOGIYASI VA BAHOLASH MEZONLARI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Maqolada inglizcha kollokvial birliklarni o‘zbek tiliga sun’iy intellekt yordamida tarjima qilishda inson ekspertizasi nima sababdan zarurligi va bunday tarjimalarni qanday mezonlar asosida baholash mumkinligi yoritiladi. Zamonaviy kontekstga sezgir mashina tarjimasi, register-aware MT va human-in-the-loop parallel korpuslar tajribasi asosida kollokvial birliklar uchun xatolarning sakkiz turli tipologiyasi taklif etiladi: so‘zma- so‘zlashtirish, noto‘g‘ri ma’no tanlash, pragmatik vazifa yo‘qotilishi, registr nomuvofiqligi, baholovchi qutbning buzilishi, lingvomadaniy nomoslik, kontekstni inkor etish va ortiqcha normalizatsiya. Shuningdek, semantik aniqlik, pragmatik moslik, uslubiy muvofiqlik, tabiiylik va lingvomadaniy maqbullikni besh ballik shkalada baholash modeli hamda inson tahriri hajmi va vaqtini qayd etuvchi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar ishlab chiqiladi. Taklif etilgan protokol kam resursli ingliz–o‘zbek NLP va tarjima tadqiqotlari uchun qo‘llanishi mumkin.