NEYROTARMOQ TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA VIRTUAL PEDAGOGIK AGENTLARDAN FOYDALANISHNING ILMIY MUAMMOLARI VA PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Mazkur maqolada talabalarni o‘qitishda neyrotarmoq texnologiyalari asosida virtual pedagogik agentlardan foydalanishning ilmiy muammolari va pedagogik shart-sharoitlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning metodologik asosini tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va adaptiv yondashuvlar tashkil etdi. 2019–2026-yillarda e’lon qilingan sun’iy intellekt, neyrotarmoq texnologiyalari, adaptiv ta’lim, ta’limiy chatbotlar, pedagogik agentlar va oliy ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishga oid ilmiy manbalar nazariy, qiyosiy va kontent-tahliliy usullar asosida o‘rganildi. Tahlil va pedagogik modellashtirish natijasida neyrotarmoqning analitik imkoniyatlarini virtual pedagogik agentning pedagogik funksiyalari bilan integratsiyalash, talabaning individual ta’limiy holatini dinamik modellashtirish, ta’lim mazmuni va pedagogik ta’sirni individual-adaptiv shakllantirish, pedagogik muloqot mexanizmlarini belgilash hamda texnologik, pedagogik, axloqiy va axborot xavfsizligi talablarini uyg‘unlashtirish asosiy ilmiy muammolar sifatida aniqlandi. Shuningdek, virtual pedagogik agentlardan pedagogik maqsadga muvofiq foydalanishni ta’minlovchi sakkizta pedagogik shart-sharoit tizimlashtirildi. Tadqiqot natijasida “o‘qituvchi – talaba – virtual pedagogik agent” o‘zaro ta’siriga asoslangan hamda “diagnostika – tahlil – pedagogik qaror – adaptatsiya – muloqot – faoliyat – baholash – qayta aloqa – individual modelni yangilash” ketma-ketligini qamrab oluvchi adaptiv pedagogik mexanizm taklif etildi.
Hali tarjima qilinmagan