ABA REGULYATOR GENLARINING O‘SIMLIK RIVOJLANISHI VA ABIOTIK STRESSGA JAVOBDAGI ISHTIROKI
Annotatsiya
Ushbu sharh maqolada o‘simliklar ontogenezini boshqarishda hamda abiotik stress (qurg‘oqchilik va sho‘rlanish) omillariga qarshi javob reaksiyalarini shakllantirishda abssiz kislotasi (ABA) regulyator genlar oilasining funksional roli tizimli tahlil qilingan. Maqolada ABA gomeostazini ta’minlovchi biosintez (NCED) va katabolizm (CYP707A) genlarining o‘zaro dinamik muvozanati hamda hujayra darajasida signal uzatuvchi asosiy kaskad kaskad modullari (PYR/PYL/RCAR — PP2C — SnRK2) ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ABA-regulyator genlarining urug‘ tinchlik davri, ildiz tizimi arxitekturasi plastikligi hamda stomalar harakatidagi ishtiroki yoritilgan. Iqlim o‘zgarishi sharoitida o‘simliklar gomeostazini saqlash hamda CRISPR-Cas9 gen tahrirlash texnologiyasi yordamida stressga chidamli agrosenozlar yaratishning zamonaviy biotexnologik istiqbollari baholangan.
Hali tarjima qilinmagan