Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

EKSPERIMENTAL GIPOTIREOZDA R-1 POLIFENOLINING SINAPTOSOMAL Ca²⁺ SIGNALIGA TA’SIRINING FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Islom B QozoqovO'zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti tayanch doktorantiNozim N. KhoshimovAlisher A. MukhtorovMirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti katta o’qituvchisiJobir I DedaboyevRakhmatilla Nurillaevich Rakhimov
2026
ABI

Annotatsiya

Gipotireoz markaziy nerv tizimida sinaptik uzatilish va Ca²⁺ gomeostazining buzilishi bilan kechadi. Tadqiqotning maqsadi Rhus glabra o‘simligidan olingan R-1 polifenol fraksiyasining metimazol bilan chaqirilgan eksperimental gipotireozda kalamush bosh miyasi sinaptosomalari Ca²⁺ signaliga ta’sirini baholashdan iborat. Voyaga yetgan erkak kalamushlarda gipotireoz metimazol (2,5 mg/100 g/kun, 21 kun) bilan modellashtirildi; R-1 50 mg/kg/kun dozada 12–21-kunlarda qo‘llanildi. Sinaptosomal Ca²⁺- bog‘liq fluorescensiya Fluo-4 AM yordamida baholandi. Metimazol fonida T3 pasaydi, TSH oshdi va qalqonsimon bez hajmi kattalashdi. Gipotireozda bazaviy sinaptosomal signal 83% gacha pasaygan, R-1 esa model sharoitida uni 98% gacha yaqinlashtirgan. R-1 10–100 μM diapazonda konsentratsiyaga bog‘liq javob ko‘rsatdi; glutamatergik/NMDA-bog‘liq ligandlar va turli kanal modulyatorlari fonida javob yo‘nalishi o‘zgardi. Natijalar R-1 ning gipotireoz sharoitida sinaptosomal Ca²⁺ signalini ko‘p komponentli tarzda modulyatsiya qilishini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba