Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

NEMIS VA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA KONSEPT KATEGORIYASINING KOGNITIV VA LINGVOKULTUROLOGIK TALQINI

Atamurodova Dilfuza ToshmurodovnaQarshi davlat universiteti, f.f.f.d (PhD)
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada konsept kategoriyasining kognitiv va lingvokulturologik talqinlari nemis va o‘zbek tillari misolida nazariy-qiyosiy jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi konseptga oid ilmiy yondashuvlarning mushtarak va farqli xususiyatlarini aniqlash, konsept hamda leksik ma’no o‘rtasidagi munosabatni izohlash va konseptual sohalarni qiyosiy o‘rganishning integrativ tahliliy asoslarini belgilashdan iborat. Tadqiqotda tavsifiy, nazariy-qiyosiy, konseptual va lingvokulturologik tahlil usullaridan foydalaniladi. Nemis tilidagi HEIMAT, FAMILIE, LIEBE hamda o‘zbek tilidagi VATAN, OILA, MUHABBAT birliklari bilan bog‘liq konseptual sohalar misolida tarjima muqobilligi konseptual mazmunning to‘liq mos kelishini anglatmasligi asoslanadi. Nazariy tahlil natijasida konseptual sohalarni kognitiv-konseptual, lisoniy-semantik va lingvomadaniy jihatlarning o‘zaro aloqasi asosida o‘rganish maqsadga muvofiqligi ko‘rsatiladi. Mazkur yondashuv turli tillardagi konseptual sohalarning umumiy va farqli xususiyatlarini tizimli qiyoslash uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar