FERULA FOETIDA TURINI IN VITRO SHAROITIDA MIKROKLONAL KO’PAYTIRISH VA SAQLASH
Annotatsiya
Ferula turkumi turlari nafaqat formokologik balki biotexnologik jihatdan ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan turlarni o’z ichiga oladi. Ammo ularning in vitro ko’paytirish va saqlash bo’yicha tadqiqotlar turkum turlari bo’yicha bir xil darajada rivojlanmagan. Ayrim turlar uchun samarali mikroklonal ko‘paytirish va regeneratsiya protokollari ishlab chiqilgan bo’lsa-da, ko’pchilik turlar in vitro sharoitida yetarlicha o’rganilmagan, bu esa ularni keng miqyosda ko’paytirish va ex situ saqlash imkoniyatlarini cheklaydi. Ushbu muammo ayniqsa biologik xilma-xillik yuqori bo’lgan hududlar, jumladan O’zbekiston uchun dolzarb bo’lib, bu yerda biotexnologik tadqiqotlar va saqlash strategiyalari hali boshlang’ich bosqichda. Shu sababli, mavjud in vitro ma’lumotlarni kompleks tahlil qilish, tadqiqot bo’shliqlarini aniqlash hamda Ferula foetida ini mikroklonal ko’paytirish, genofondini saqlash va barqaror foydalanish bo’yicha samarali biotexnologik yondashuvlarni ishlab chiqish zarur. Tayanch so‘zlar: mikroklonal ko‘paytirish, Ferula foetida, kallusogenez, organogenez, sterilizatsiya, fitogormonlar, urug‘larning unishi, yashovchanlik.