TEMIR YOʻL MASHINASOZLIGI KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH KOOPERATSIYASINING IQTISODIY SAMARADORLIGIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI
Annotatsiya
Maqolada temir yoʻl mashinasozligi korxonalarida ishlab chiqarish kooperatsiyasining iqtisodiy samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Omillar institutsional, bozor, texnologik, tashkiliy, moliyaviy va resurs guruhlariga tasniflanib, ularning har biri davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash vositalari bilan bogʻlangan. Rasmiy ma'lumotlar asosida zanjirli almashtirish usuli yordamida bitta yuk vagoni qiymatining oʻzgarishi omillar boʻyicha ajratilgan. Butlovchi qismlar yetkazib beruvchi korxonaning kooperatsiya loyihasi uchun sof diskontlangan daromad modeli ishlab chiqilib, sezgirlik tahlili orqali omillar ta'sir kuchi boʻyicha tartiblangan hamda kafolatlangan shartnoma muddatining chegaraviy qiymati aniqlangan.