KICHIK BIZNES SOHASIDA INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH VA MEHNAT MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISH OMILLARI, USULLARI HAMDA FUNKSIYALARI
Annotatsiya
Kichik biznes sohasida inson kapitalini rivojlantirish va mehnat munosabatlarini tartibga solishningnazariy-uslubiy asoslari tadqiq etilgan. Inson kapitalini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv,institutsional-huquqiy, ijtimoiy, texnologik va kompetensiyaviy omillar tizimlashtirilgan hamda ularning kichik biznes faoliyatidagifunksional roli aniqlashtirilgan. Mehnat munosabatlarini tartibga solishning iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy, institutsional,ijtimoiy-psixologik, rivojlantiruvchi va moslashtiruvchi usullarining o‘zaro uyg‘unligi asoslangan. Tadqiqot natijasida“omillar – usullar – funksiyalar – natijalar” o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan konseptual yondashuv taklif etilgan.