ZYGOPHYLLUM TURKUMIGA MANSUB OʻSIMLIKLARNING KIMYOVIY TARKIBI VA BIOLOGIK FAOLLIGI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Zygophyllum turkumiga mansub o‘simliklarning botanik tavsifi, kimyoviy tarkibi va biologik faol moddalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu turkum vakillari saponinlar, flavonoidlar, terpenoidlar, alkaloidlar, taninlar, yog‘ kislotalari va mikroelementlarga boyligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Zygophyllum album, Zygophyllum gaetulum va Zygophyllum coccineum turlari yuqori miqdordagi triterpen saponinlar va flavonoid glikozidlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu birikmalar antioksidant, antidiabetik, yallig‘lanishga qarshi va antimikrob xususiyatlarga ega. Maqolada keltirilgan ma’lumotlar Zygophyllum turlarining zamonaviy tibbiyot va farmatsevtikadagi istiqbolini ilmiy asoslaydi.