CHET TILLARINI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI VA METODIK CHEKLOVLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada chet tillarini o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari va metodik cheklovlari nazariy- tahliliy yondashuv asosida o‘rganiladi. Tadqiqotning maqsadi sun’iy intellekt vositalarining til o‘rganish jarayonidagi pedagogik funksiyalarini aniqlash, ularning kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasini yoritish hamda samarali foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi metodik va tashkiliy omillarni tizimlashtirishdan iborat. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, tizimlashtirish va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijasida sun’iy intellektning individual ta’limni qo‘llab- quvvatlash, interaktiv muloqot muhitini yaratish, o‘quv materiallarini moslashtirish, tezkor qayta aloqa taqdim etish va mustaqil ta’limni tashkil etish imkoniyatlari ajratib ko‘rsatildi. Shu bilan birga, generativ modellar javoblarining ishonchliligi, lingvistik xatolar, madaniy va til xilma-xilligini yetarli aks ettirmaslik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, raqamli tengsizlik va o‘qituvchi nazoratining susayishi kabi cheklovlar tahlil qilindi. Maqolada sun’iy intellektdan foydalanishning metodik tamoyillari taklif etilib, texnologiyani ta’lim maqsadlariga muvofiq tanlash, uning natijalarini pedagogik tekshirish va o‘quvchining mustaqil fikrlashini saqlash zarurligi asoslanadi.
Hali tarjima qilinmagan