Korroziyaga bardoshli qoplama olish uchun polimerli kompozitsiya. Ixtiro patenti № UZ IAP 8558 2026 y.
Annotatsiya
Foydalanish sohasi: neft-gaz sanoati. Vazifasi: komponent tarkibi soddalashtirilgan, adgeziyasi va penetratsiyaga chidamliligi yaxshilangan antikorrozion polimer qoplama uchun tarkibni ishlab chiqish, shuningdek, ko‘rsatilgan maqsaddagi vositalar arsenalini kengaytirish. Ixtiro mohiyati: korroziyaga qarshi qoplama olish uchun polimer kompozitsiya taklif etilgan bo‘lib, u ED-20 epoksid-dian smolasi bilan toshko‘mir smolasi aralashmasini bog‘lovchi sifatida, aminli qotiruvchi va modifikatorni o‘z ichiga oladi, bunda u ED-20 epoksid-dian smolasi bilan toshko‘mir smolasi aralashmasini 1:0,4 massa nisbatida, DTB-2 qotiruvchisi sifatida, modifikator sifatida - furfurilspirtining kub qoldiqlarini, qo‘shimcha ravishda korroziyaga qarshi va mikroarmaturalovchi komponent sifatida - vollastonitni, to‘ldiruvchi sifatida - andezit unini va plastifikator sifatida B markali sovunlangan tall pekini komponentlarning quyidagi nisbatida o‘z ichiga oladi, massa %: