Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ELAEAGNUS ANGUSTIFOLIA POYASI CHIQINDISIDAN ADSORBENT OLISH

Mukimova Dinara UlugbekovnaTermiz davlat pedagogika instituti 00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi bosqich tayanch doktoranti
2026
ABI

Annotatsiya

Tadqiqotning maqsadi jiyda (Elaeagnus angustifolia L.) poyasi chiqindisidan termik-kimyoviy ishlov orqali uglerodli adsorbent olish va uning adsorbsion xossalarini baholashdan iborat. Mahalliy lignosellyulozali chiqindini qayta ishlash resurslardan oqilona foydalanish va ekologik yuklamani kamaytirish nuqtai nazaridan dolzarbdir. Xomashyo 505 °C da argon muhitida karbonizatsiya qilindi, karbonizat KOH bilan 1:0,5; 1:1; 1:2 va 1:3 massa nisbatlarida ishlanib, 800 °C da aktivatsiya qilindi. Kongo qizili adsorbsiyasi 497 nm da spektrofotometrik usulda, benzol bug‘I adsorbsiyasi esa eksikator sharoitida baholandi. Kongo qizili bo‘yicha 1:1 namuna besh konsentratsiya uchun o‘rtacha 82,19% adsorbsion samaradorlikni ko‘rsatdi. Benzol bug‘I bo‘yicha 1:3 namuna 6,36 mol/kg o‘rtacha qiymat bilan eng yuqori natijani berdi. Ishning ilmiy yangiligi jiyda poyasi chiqindisidan olingan bir xil karbonizat uchun KOH miqdorining suvli va gaz fazadagi adsorbsiyaga ta’sirini qiyosiy baholashdan iborat.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar