KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT VA XUSUSIY SEKTOR HAMKORLIGINING ROLI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada kichik tadbirkorlik subyektlarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishda davlat va xususiy sektor hamkorligining o‘rni, mavjud imkoniyatlari va asosiy muammolari tadqiq etilgan. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida innovatsiyalar kichik biznes subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash va yangi mahsulot hamda xizmatlarni yaratishning muhim omili hisoblanadi. Shu bilan birga, moliyaviy resurslarning cheklanganligi, innovatsion loyihalarning yuqori tavakkalchiligi, zamonaviy texnologiyalarga kirish imkoniyatlarining yetarli emasligi va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishdagi muammolar kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini cheklamoqda. Tadqiqotda statistik, qiyosiy va tizimli tahlil usullaridan foydalanilib, davlatning institutsional va moliyaviy imkoniyatlari hamda xususiy sektorning investitsion, texnologik va boshqaruv salohiyati o‘rganilgan. Natijada kichik tadbirkorlikning innovatsion faoliyatini rivojlantirish uchun davlat, xususiy sektor, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi asoslangan. Maqolada innovatsion loyihalarni birgalikda moliyalashtirish, kichik loyihalar uchun soddalashtirilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish hamda innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.