ANDIJON VILOYATIDAN YIG‘IB OLINGAN NA’MATAK EKSTRAKTI TARKIBIDAGI FENOL BIRIKMALARNI YuSSX USULIDA ANIQLASH
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda Andijon viloyatidan yig‘ib olingan na’matak mevasini etil spirtdagi ekstrakti tarkibidagi fenol birikmalar miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) usulida tahlil qilindi. Tadqiqot davomida gall kislota, salisil kislota, rutin, kversetin, apigenin va kempferol standartlari asosida sifat va miqdoriy tahlillar olib borildi. Olingan natijalariga ko‘ra, na’matak mevasi ekstrakti tarkibida eng yuqori miqdorda kversetin (10,923 mg/100 g) va gall kislota (5,755 mg/100 g) mavjudligi aniqlandi. Olingan natijalar boshqa geografik hududlarda o‘sgan na’matak namunalaridagi flavonoid va fenol birikmalar miqdori bilan qiyosiy solishtirish orqali baholandi.
Hali tarjima qilinmagan