SUT ACHITUVCHI BAKTERIYALARNING MIKOTOKSINLARNI BIODESTRUKSIYA QILISH XUSUSIYATLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada sut achituvchi bakteriya shtammlarining mikotoksinni biodestruksiya qilish xususiyati mahalliy еm turlaridan ajratib olingan mikotoksigen Aspergillus flavus mikromitseti hosil qilgan mikotoksinlarga nisbatan aniqlangan. Sut achituvchi bakteriyalar peptidoglikan, organik kislotalar va ekzopolisaxaridlar kabi hujayra devori komponentlari orqali fizik adsorbsiya, toksik bo‘lmagan yoki kamroq toksik metabolitlarni hosil qiluvchi fermentativ parchalanish, Aspergillus flavus mikromitsetining o‘sishi hamda mikotoksin biosintezini to‘xtatuvchi metabolitlar ishlab chiqarishi hisobiga mikotoksinlarni biodestruksiyasi mexanizmiga ega. Ularning fermentatsiya jarayonida toksigen mikromitsetlarni siqib chiqarishi kabi mexanizmi ham mavjud bo‘lib, tadqiqotimizda mikotoksigen Aspergillus flavus mikromitseti bilan sut achituvchi bakteriyalar 14 kun davomida inkubatsiya qilinganda mos ravishda mikromitset o‘sishini 100 %ga to‘xtatishi anilangan.
Hali tarjima qilinmagan