ZAMONAVIY O'ZBEK TILIDA OG'ZAKI VA YOZMA NUTQNING LEKSIK-GRAMMATIK HAMDA SINTAKTIK XUSUSIYATLARI QIYOSIY TAHLILI
A.E.BoymirzayevaToshkent kimyo xalqaro universiteti, UZBE-801 guruh 2-bosqich talabasi
2026en
Ochiq kirishOlmos
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Maqolada zamonaviy o'zbek adabiy tilining ikki asosiy shakli — og'zaki va yozma nutq — leksik, grammatik hamda sintaktik jihatdan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda og'zaki nutqning situativligi, elliptik qurilmalar, dialogik tabiat va emotsional-ekspressiv vositalar bilan boyitilganligi; yozma nutqning esa normativligi, nominalizatsiyaga moyilligi, murakkab sintaktik va grammatik izchilligi misollar yordamida asoslab beriladi. Shuningdek, chat-nutq ikki shakl o'rtasidagi oraliq (gibrid) hodisa sifatida baholanib, uni korpus asosida o'rganish bo'yicha metodik yondashuv taklif etiladi.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos3 ta foydalanilgan manba