MAHALLIY BUDJETLAR FISKAL HOLATINI BAHOLASH VA TENGLASHTIRUVCHI TRANSFERTLARNI FORMULA ASOSIDA TAQSIMLASH METODOLOGIYASI
Annotatsiya
Tezisda 2026-yilda mahalliy budjetlarga ajratilgan 19,65 trln so'mlik tartibga soluvchi transfertlarning hududlar bo'yicha taqsimoti tahlil qilingan. Transfertlar Buxoro viloyatida 47,4 foizga oshgani, Samarqand viloyatida 18,6 foizga kamaygani va bu o'zgarishlar ochiq formula bilan izohlanmagani ko'rsatilgan. Aholi soni, xarajat ehtiyoji va fiskal salohiyat indekslariga asoslangan ikki komponentli formula taklif etilgan. Tezisda 14 ta hudud mahalliy budjetlari uchun besh indikatorga asoslangan kompozit fiskal indeks tuzilgan va uning vaznlarga sezgirligi tekshirilgan. Teng vaznlarda 4-o'rinda turgan Sirdaryo viloyati qoplash indikatoriga 0,4 vazn berilganda 10-o'ringa tushgani, Toshkent viloyati esa 13-o'rindan 4-o'ringa ko'tarilgani aniqlangan. Indeksni rag'batlantiruvchi transfertlarda qo'llash uchun vaznlarni oldindan oshkor qilish talabi asoslangan.