Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMIDA YAGONA RAQAMLI EKOTIZIMNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING INTEGRAL MODELINI ISHLAB CHIQISH

Nafisa TuraevaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti PhD, mustaqil izlanuvchi
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada sogʻliqni saqlash tizimida yagona raqamli ekotizimning iqtisodiy samaradorligini baholashning integral modeli ilmiy jihatdan ishlab chiqildi. Tadqiqotda xarajatlar, tejamkorlik, xizmat natijalari va tizim barqarorligi toʻrtta asosiy blok sifatida birlashtirildi. Xalqaro qoʻllanmalar, ochiq statistik ma'lumotlar va me'yoriy manbalar asosida koʻrsatkichlarni normallashtirish, vaznlash, diskontlash hamda integral indeksni hisoblash tartibi asoslandi. Natijalar taklif etilgan model investitsiyalarni qiyosiy baholash, tejamkorlik manbalarini aniqlash, xizmatlar sifatini kuzatish va tizim barqarorligini hisobga olish imkonini berishini koʻrsatdi. Sof joriy qiymat, qoplanish muddati va interoperabellik omillarini birgalikda qoʻllash boshqaruv qarorlarining aniqligi hamda investitsiya samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslandi. Modelning koʻp oʻlchamli tuzilishi resurslardan oqilona foydalanish, raqamli xizmatlar uzluksizligini ta'minlash va uzoq muddatli iqtisodiy natijalarni izchil monitoring qilish uchun amaliy metodik asos yaratadi. EN This article develops an integral model for assessing the economic efficiency of a unified digital ecosystem in the healthcare system. The study integrates costs, savings, service outcomes, and system sustainability into four main analytical blocks. Based on international guidelines, open statistical data, and regulatory sources, the procedures for normalizing, weighting, and discounting indicators, as well as calculating the integral index, are substantiated. The results show that the proposed model enables comparative assessment of investments, identification of potential sources of savings, monitoring of service quality, and consideration of system sustainability. The combined application of net present value, payback period, and interoperability factors is shown to contribute to more accurate management decisions and improved investment efficiency. The multidimensional structure of the model provides a practical methodological basis for the rational use of resources, ensuring the continuity of digital services, and consistently monitoring long-term economic outcomes. RU В данной статье разработана интегральная модель оценки экономической эффективности единой цифровой экосистемы в системе здравоохранения. В исследовании затраты, экономия, результаты оказания услуг и устойчивость системы объединены в четыре основных аналитических блока. На основе международных руководств, открытых статистических данных и нормативных источников обоснован порядок нормализации, взвешивания и дисконтирования показателей, а также расчёта интегрального индекса. Результаты показывают, что предложенная модель позволяет проводить сравнительную оценку инвестиций, выявлять источники экономии, осуществлять мониторинг качества услуг и учитывать устойчивость системы. Обосновано, что совместное применение показателей чистой приведённой стоимости, срока окупаемости и факторов интероперабельности способствует повышению точности управленческих решений и эффективности инвестиций. Многомерная структура модели формирует практическую методическую основу для рационального использования ресурсов, обеспечения непрерывности цифровых услуг и последовательного мониторинга долгосрочных экономических результатов.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba