TURIZMNING HUDUDIY IQTISODIYOTDAGI OʻRNI VA JOYLASHTIRISH RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI STATISTIK BAHOLASH
Annotatsiya
Annotatsiya. Maqolada turizm yordamchi hisobi koʻrsatkichlari Oʻzbekistonda faqat respublika boʻyicha shakllantirilishi sababli turizmning hududlar iqtisodiyotidagi oʻrnini baholab boʻlmasligi muammosi koʻrib chiqilgan. Muammoni hal etish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri turizm yalpi qoʻshilgan qiymatini “yuqoridan pastga” yondashuv asosida kalibrlash koeffitsiyenti orqali hududlarga taqsimlash, turizmning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushini aniqlash, ma'lumotlar taqsimotiga asoslangan obyektiv ogʻirliklar bilan viloyatlar turizm salohiyati indeksini hisoblash hamda joylashtirish resurslaridan foydalanish samaradorligini ma'lumotlarni qamrab oluvchi tahlil (DEA) usulida baholash uslubiyoti taklif etilgan. 2024-yil ma'lumotlari asosida turizmning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro va Xorazmda 4,3–5,4 foizni, respublika boʻyicha 2,79 foizni tashkil etishi aniqlangan. Joylashtirish resurslaridan foydalanishning oʻrtacha samaradorligi 0,79 ga teng boʻlib, mavjud xona fondida qoʻshimcha 537,2 ming kishini joylashtirish zaxirasi borligi koʻrsatilgan. Kalit soʻzlar: turizm yordamchi hisobi, yalpi hududiy mahsulot, toʻgʻridan-toʻgʻri turizm yalpi qoʻshilgan qiymati, turizm salohiyati indeksi, obyektiv ogʻirliklar, DEA, samaradorlik. туризма в экономике регионов, поскольку показатели вспомогательного счета туризма в Узбекистане формируются только по республике. Для ее решения предложена методика распределения прямой туристской валовой добавленной стоимости по регионам на основе подхода «сверху вниз» через калибровочный коэффициент, определения доли туризма в валовом региональном продукте, расчета индекса туристского потенциала регионов с объективными весами на основе распределения данных и оценки эффективности использования ресурсов размещения методом анализа среды функционирования (DEA). По данным 2024 года установлено, что доля туризма в ВРП г. Ташкента, Самаркандской, Бухарской и Хорезмской областей составляет 4,3–5,4 %, по республике – 2,79 %. Средняя эффективность использования ресурсов размещения равна 0,79, а в имеющемся номерном фонде имеется резерв для размещения дополнительно 537,2 тыс. человек. Ключевые слова: вспомогательный счет туризма, валовой региональный продукт, прямая туристская валовая добавленная стоимость, индекс туристского потенциала, объективные веса, DEA, эффективность. Abstract. The article examines the problem that the role of tourism in regional economies cannot be assessed because Tourism Satellite Account indicators in Uzbekistan are compiled only at the national level. A methodology is proposed to allocate direct tourism gross value added to regions through a top-down calibration coefficient, to determine the share of tourism in gross regional product, to calculate a regional tourism potential index with objective data-driven weights, and to assess the efficiency of accommodation resource use by data envelopment analysis (DEA). Based on 2024 data, the share of tourism in gross regional product is 4.3–5.4% in Tashkent city, Samarkand, Bukhara and Khorezm, and 2.79% nationally. The average efficiency of accommodation resource use equals 0.79, and the existing room stock has a reserve to accommodate an additional 537.2 thousand guests. Keywords: tourism satellite account, gross regional product, tourism direct gross value added, tourism potential index, objective weights, DEA, efficiency.