IQTISODIYOTNI YASHIL INNOVATSIYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH YO'LLARI
Annotatsiya
Tadqiqotda O'zbekiston iqtisodiyotini yashil innovatsiyalar asosida rivojlantirishning nazariymetodologik asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot va yashil innovatsiyalar tushunchalarining o'zaro bog'liqligi yoritilib, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ahamiyati ilmiy jihatdan asoslangan. Jahon tajribasi va xalqaro yondashuvlar asosida yashil innovatsiyalarni joriy etishning ustuvor yo'nalishlari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot jarayonida tahlil, sintez, taqqoslash, iqtisodiy-statistik usullar hamda kompleks tizimli yondashuvdan foydalanilgan. O'zbekistonda yashil innovatsiyalarni rivojlantirish bo'yicha davlat siyosati, xususan, 2022–2026-yillarga mo'ljallangan innovatsion rivojlanish strategiyasining asosiy ko'rsatkichlari va ularning iqtisodiyot tarmoqlariga ta'siri baholangan. Shuningdek, innovatsion infratuzilma, startaplar, yuqori texnologiyali mahsulotlar eksporti, ilmiy tadqiqotlar va investitsiyalar dinamikasi tahlil qilingan.