MARKAZIY OSIYONING TURLI EKOLOGIK HUDUDLARI ISTIQBOLLI BUG‘DOY GENOTIPLARNING XLOROFILL MIQDORI
Annotatsiya
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mintaqasining to‘rtta davlati (Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston) tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirilgan istiqbolli bug‘doy genotiplarining barg tarkibidagi xlorofill miqdori SPAD-502 asbobi yordamida qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot davomida o‘lchovlar bug‘doyning boshoqlash va don to‘lish fazalarida, genotiplarning bayroq bargidan olingan. Natijalarga ko‘ra, eng yuqori fotosintetik faollik va yashillik indeksi Qozog‘iston (57,89) va O‘zbekiston (55,49) navlarida kuzatilgan bo‘lsa, nisbatan past ko‘rsatkich Tojikiston (48,46) navlarida qayd etildi. Ko‘rsatkichlar asosida o‘simliklarning azot bilan ta’minlanganlik darajasi baholangan.