INGLIZ VA O‘ZBEK ADABIYOTIDAGI TARIXIY SHAXSLAR OBRAZINING LEKSIK XUSUSIYATLARI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek adabiyotidagi tarixiy shaxslar obrazining leksik-semantik xususiyatlari qiyosiy-chog‘ishtiruvchi yondashuv asosida tahlil qilinadi. Badiiy asarda tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima sintezi lisoniy sathda, xususan, leksik qatlamda namoyon bo‘lishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqotda Sharq va G‘arb adabiy an’analarida tarixiy shaxsni modellashtirish jarayonida qo‘llanuvchi leksik vositalar, xususan, Sharq adabiyotida diniy-axloqiy, maqtov, ehtirom va metaforik birliklarning ustuvorligi hamda G‘arb adabiyotida siyosiy-ijtimoiy, ratsional, deskriptiv leksika hamda psixologik-analitik strategiyalarning o‘rni ochib beriladi. Maqola zamonaviy xalqaro talablarga muvofiq IMRAD strukturasi asosida tayyorlangan bo‘lib, unda qiyosiy tahlillar jadvali va batafsil lingvistik kuzatishlar keltirilgan.