Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MOYCHECHAK (MATRICARIA CHAMOMILLA L.) VA UNDIRILGAN BUG‘DOYNING TURLI NISBATLARDAGI EKSTRAKTLARINING ANTIRADIKAL FAOLLIGINI DPPH USULIDA BAHOLASH

Diloromxon To’ychiyevna XasanovaAndijon davlat universiteti k.f.d (DSc), v.b.profDavlatxon Po’latjon qizi Hamidova
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda moychechak (Matricaria chamomilla L.) va undirilgan bug‘doy asosida turli nisbatlarda tayyorlangan ekstraktlarning antiradikal faolligi DPPH (2,2-difenil-1-pikrilgidrazil) spektrofotometrik usuli yordamida o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘simlik komponentlarining turli nisbatlarda kombinatsiyalanishi natijasida, hosil bo‘ladigan ekstraktlarning erkin radikallarni neytrallash qobiliyatini qiyosiy baholashdan iborat. Tajribada moychechak va undirilgan bug‘doyning 50:50, 75:25 va 25:75 nisbatlaridagi aralashmalari asosida suvli va etanolli ekstraktlari tayyorlandi. Ekstraksiya ultratovushli vannada amalga oshirilib, olingan namunalar membranali filtr orqali tozalandi. Antiradikal faollik 517 nm to‘lqin uzunligida UV-Vis spektrofotometrik usulda aniqlanib, DPPH radikalining ingibitsiyalanish darajasi orqali baholandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba