Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

INTRODUKSIYA SHAROITIDA KINOA (Chenopodium quinoa Willd.) URUG‘LARINING UNUVCHANLIGIGA HARORAT OMILINING TA’SIRI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada kinoa (Chenopodium quinoa Willd.) o‘simligi urug‘larining laboratoriya sharoitida turli harorat rejimlarida unuvchanlik xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotda +10, +15, +20, +25, +30 va +35 °C harorat rejimlaridan foydalanilib, urug‘larning 3, 5, 10, 15, 20, 25 va 30-kunlardagi unish dinamikasi aniqlandi. Tadqiqot natijalari kinoa urug‘larining unuvchanligi harorat omiliga sezilarli darajada bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Eng yuqori yakuniy unuvchanlik +25 °C haroratda 93,8 ± 1,2 % ni tashkil etdi. Mazkur variantda variatsiya koeffitsiyenti 2,01 % bo‘lib, urug‘larning unish reaksiyasi nisbatan barqaror kechganini ko‘rsatdi. Past haroratlarda urug‘larning unish jarayoni sekinlashgan bo‘lsa, +30 va +35 °C kabi yuqori haroratlarda dastlabki unish tezlashishiga qaramasdan, yakuniy unuvchanlik pasaygan. Olingan natijalar kinoa urug‘larini introduksiya sharoitida yetishtirishda ekish muddatlari va harorat sharoitlarini biologik jihatdan asoslash uchun muhim ahamiyatga ega.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar