“TEMIR PARDANI” YORIB O‘TGAN QUR’ON: SAYYID MAHMUD TAROZIY TARJIMASINING SOVET O‘ZBEKISTONIDAGI YASHIRIN TARIXI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Maqolada Qur’onning taniqli musulmon olimi va Saudiya Arabistonidagi turkistonliklar diasporasining yetakchi vakillaridan bo‘lgan Sayyid Mahmud Taroziy (1895–1991) tomonidan amalga oshirilgan o‘zbek tiliga tarjimasining sovet O‘zbekistoni hududida tarqalish tarixi tadqiq etiladi. Arxeografik safarlar materiallari, arxiv hujjatlari, og‘zaki guvohliklar, shuningdek, tarjimaning xorijiy va mahalliy nashrlaridan saqlanib qolgan nusxalar asosida muallif tarjimaning sovet O‘rta Osiyosiga kirib kelish va tarqalish yo‘llarini kuzatadi. Unda tarjimaning Toshkentdagi ilmiy muassasalarga borib qolishi, Qo‘qon va Toshkent kitob bozorlaridagi noqonuniy savdosi hamda sovet davlatining undan rasmiy diniy siyosatda foydalanilishi tahlil qilinadi. Taroziyning O‘zbekiston musulmon arboblari bilan aloqalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tarjima tarixi sovet O‘rta Osiyosi musulmonlari bilan turkistonlik muhojirlar o‘rtasidagi chegaralararo intellektual aloqalarning kam o‘rganilgan jihatlarini ochib berib, ularning sovet davrining so‘nggi va postsovet davrining dastlabki yillarida islomiy intellektual muhit shakllanishidagi rolini ko‘rsatadi.