APIUM GRAVEOLENS (VAR. DULCE) O‘SIMLIGI TAKIBIDAGI VITAMINLAR TAHLILI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yetishtirilgan Apium graveolens (var. Dulce) ning vitamin tarkibini o‘rganish natijalari keltirilgan. Tadqiqotning dolzarbligi o‘simlikning oziq-ovqat, farmatsevtika va profilaktika amaliyotida keng qo‘llanilishi, shuningdek, O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitida o‘sadigan o‘simlikning biologik faol moddalarining yetarlicha o‘rganilmaganligi bilan bog‘liq. Tadqiqotning maqsadi yuqori samarali suyuq xromatografiya (HPLC) yordamida o‘simlikning yer usti qismida suvda eriydigan vitaminlar miqdorini aniqlash edi. Tadqiqot davomida o‘simlik materialining etanol ekstraktlari tayyorlandi va Agilent-1200 xromatografiya tizimi yordamida B vitaminlari, PP vitamini va C vitamini miqdori tahlil qilindi. Suvda eriydigan oltita vitaminning mavjudligi aniqlandi.
Hali tarjima qilinmagan