TURKIYA TA’LIM DIPLOMATIYASI TAJRIBASINING XALQARO HUQUQIY VA SIYOSIY TAHLILI: O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATI UCHUN USTUVOR TAVSIYALAR
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida davlatlararo ta’sir vositalaridan biri sifatida ta’lim diplomatiyasining o‘rni Turkiya Respublikasi misolida tahlil qilinadi. Jozef Nayning “yumshoq kuch” konsepsiyasiga tayangan holda maqolada Yunus Emre instituti, Turkiya Maarif jamg‘armasi, “Turkiye Burslari” dasturi hamda TIKA kabi institutlarning huquqiy-tashkiliy asoslari, ularning ikki tomonlama hukumatlararo bitimlar, idoralararo memorandumlar va ko‘p tomonlama xalqaro konvensiyalar darajasidagi faoliyat mexanizmlari o‘rganilgan. Tadqiqot qiyosiy-huquqiy tahlil, tizimli-institutsional yondashuv va kontent-tahlil metodlaridan foydalangan holda uch bosqichda olib borilgan: Turkiya institutlarining huquqiy asoslarini o‘rganish, ularning Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston bilan hamkorlik amaliyotini tahlil qilish va tavsiyalar tizimini ishlab chiqish.
Hali tarjima qilinmagan