Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

VIRUSLI GEPATITLARNING EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA PROFILAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Ashuraliyeva MarjonaFarg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Epidemiologiya kafedrasi 2-kurs klinik ordinatoriRuziboyeva YorqinoyIlmiy rahbar: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Epidemiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
2026en
ABI

Annotatsiya

Virusli gepatitlar zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, ularning keng tarqalishi, yuqish yo‘llarining xilma-xilligi, ayrim turlarining surunkali kechishi hamda og‘ir asoratlarga olib kelishi kasallikning epidemiologik ahamiyatini belgilaydi. Ayniqsa, gepatit B va C viruslari surunkali jigar kasalliklari, jigar sirrozi va gepatotsellyulyar karsinoma rivojlanishida muhim etiologik omil hisoblanadi. Gepatit A va E viruslari esa asosan fekal-oral mexanizm orqali yuqib, sanitariya-gigiyena sharoitlari va ichimlik suvi xavfsizligi bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu maqolada virusli gepatitlarning A, B, C, D va E turlari, ularning epidemiologik xususiyatlari, yuqish mexanizmlari, xavf omillari va aholining turli guruhlari orasida tarqalishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, emlash, xavfsiz tibbiy muolajalar, donor qonini tekshirish, skrining, erta tashxislash, antiviral davolash, sanitariya-ma’rifiy tadbirlar va epidemiologik nazoratni takomillashtirish kabi zamonaviy profilaktik yondashuvlarning ahamiyati yoritiladi. O‘zbekistonda o‘tkazilgan keng ko‘lamli skrining va seroepidemiologik tadqiqotlar natijalari asosida profilaktika tadbirlarining ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar