O‘ZBEKISTONDA UZUMCHILIK: ISTIQBOLLAR, MAVJUD MUAMMOLAR VA SOHANI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekistonda uzumchilik sohasining bugungi holati, uning qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotidagi o‘rni, ishlab chiqarish salohiyati, eksport imkoniyatlari va mavjud muammolari kompleks tahlil qilingan. Mamlakatda uzumchilikni rivojlantirishning tabiiy-iqlimiy, tuproq-agrokimyoviy va iqtisodiy omillari, uzum navlarini hududlar sharoitiga moslashtirish, intensiv tokzorlar barpo etish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, mahsulot sifatini oshirish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Soha rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlari sifatida raqamli uzumchilik, ilmiy seleksiya, biotexnologiya, resurs tejamkor agrotexnologiyalar, qiymat zanjirini rivojlantirish hamda oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.