FARG‘ONA VILOYATIDA CAPPARIS SPINOSA L. NING TABIIY RESURSLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada Farg‘ona viloyati hududida Capparis spinosa ning ning tabiiy xom-ashyo zaxira lari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Turning tabiiy, biologik va eksplatatsion zaxiralari aniqlashda, Пупыкина va boshqalar (2019) tomonidan ishlab chiqilgan tavsifi bo‘yicha amalga oshirildi. Unga ko‘ra, sanoq maydonlaridagi (10x10 m) umumiy tuplar soni o‘rtacha 20,58±1,21 donani, voyaga yetgan tuplar soni o‘rtacha 7,3±0,48 donani va maydondan yig‘ish normasi o‘rtacha 1049,1±73,2 gr ni tashkil qilishi aniqlandi. O‘rganilgan hududlarda o‘simlik xom-ashyosining hosildorliligi o‘rtacha 61,37 kg/ga ni tashkil qilishi aniqlandi. Natijada Farg‘ona viloyati hududida o‘simlikning zaxira qiymatiga ega maydonlari o‘rtacha 95,0 ga ni tashkil qilib, yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan xom-ashyo hajmi 1,056 tonnani tashkil qilishi aniqlandi.