BILINGVAL IDENTICHLIK SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘smirlik davrida bilingval identichlikning shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik, ijtimoiy va madaniy omillar nazariy hamda empirik tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Bilingval identiklik shaxsning ikki yoki undan ortiq til muhitiga mansublik hissini, ushbu tillar bilan bog‘liq madaniy qadriyatlarni o‘z “Men” konsepsiyasiga integratsiya qilishi hamda turli ijtimoiy vaziyatlarda til va madaniy identifikatsiyalarni muvofiqlashtira olish jarayoni sifatida izohlanadi. O‘smirlik identiklikni izlash, o‘zini anglash, guruhga mansublik va mustaqillik ehtiyojlari kuchayadigan rivojlanish davri bo‘lganligi sababli ikki tillilik mazkur jarayonga alohida psixologik mazmun beradi.
Hali tarjima qilinmagan