Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KASBIY-PEDAGOGIK IDENTITET VA UNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI (BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARI MISOLIDA)

Ezozxon QobilovaQo‘qon DU “Musiqa nazariyasi” kafedra mudiri, professor
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida kasbiy-pedagogik identitetni shakllantirish va rivojlantirish masalalari kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy ta’lim tizimida pedagog shaxsining ichki kasbiy pozitsiyasi va o‘zini anglash darajasi bilan bog‘liq muammolarning ortib borayotgani bilan izohlanadi. Maqolada kasbiy-pedagogik identitet tushunchasining nazariy mohiyati ochib beriladi hamda uning psixologik va pedagogik komponentlari tizimli ravishda yoritiladi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarning identitetini shakllantirishda refleksiv, motivatsion-qadriyatli, ijodiy-estetik va didaktik-psixologik mexanizmlarning o‘rni asoslab beriladi. Tadqiqotda tizimli, faoliyatga yo‘naltirilgan va integrativ yondashuvlar asosiy metodologik asos sifatida qo‘llanilgan. Natijada identitetni rivojlantirishning bosqichli modeli ishlab chiqilgan va uning samaradorligi tahliliy jihatdan asoslangan. Maqolada pedagogik tajriba-sinov natijalari mantiqiy tahlil asosida umumlashtirilgan. Shuningdek, musiqa ta’limi jarayonida identitetni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion pedagogik texnologiyalar tavsiya etiladi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Ushbu ish pedagogika sohasida identitet muammosini yanada chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar