MAKTAB DIREKTORLARINING REFLEKSIV BOSHQARUV KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA SINERGETIK YONDASHUV
Annotatsiya
Maqolada maktab direktorlarining refleksiv boshqaruv ko‘nikmalarini sinergetik yondashuv asosida rivojlantirishning nazariy-metodologik va amaliy jihatlari tahlil qilindi. Refleksiv boshqaruv rahbarning o‘z boshqaruv qarorlari, hatti-harakatlari va natijalarini tizimli tahlil qilishi, manfaatdor tomonlardan olinadigan qayta aloqani talqin etishi hamda keyingi faoliyatini korreksiya qilishi bilan izohlandi. Shuningdek, sinergetik yondashuv esa maktabni ochiq, murakkab va o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida ko‘rib, refleksiyani boshqaruvning alohida yakuniy amali emas, balki diagnostika, hamkorlik, qaror qabul qilish, qayta aloqa va monitoringni bog‘lovchi uzluksiz mexanizm sifatida talqin etishga imkon berishini ifoda etadi.
Hali tarjima qilinmagan