NIZOLAR PAYDO BÖLIŞINING PSIXOLOGIK OMILLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Insoniyat yer yuziga kelmasidan avval ham Yer sayyorasi koinotdan kelgan turli asteroidlar tahdidiga uçragan. Inson ham taşqi va içki nizolar ta'siri ostida hayot keçirib borar ekan, nizolarni ongli boşqariş malakalari paydo böldi-yu, lekin nizolardan butkul xalos böliş imkoni yöqligi kuzatilmoqda. Insoniyatning ilm-fan sohasiga nisbatan ongli yondaşuvlari kuçayib bormoqda. Ilm-fan dunyosi rivojlanib borgani sari ijtimoiy hayot şaroitini yaxşilab borishga intiliş kuzatilmoqda. Şu bilan bir vaqtda insonlar qalbida hayot şaroitiga oid yangi ehtiyojlar paydo bölişi davom etmoqda. Insonlarda şukronalik hissining yöqolişi jiddiy vaziyatlarni tuğdirmoqda. Negadir dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlarida negativ, agressiv xatti-harakatlar kun sayin ortib, mavjud davlat çegaralaridan çiqib, mintaqaviy va dunyo böylab tarqalmoqda. Ba'zi davlat rahbarlarining şovinistik va egoistik qaraşlari, butun yer yuzi ustidan hukmronlikka, diktatorlikka intilişi, özlarini xalqaro huquq normalaridan yuqori turuvçi oliy daraja deb belgilaşi Uçinçi jahon uruşi tomon jadal qadamlardan biridir. Insoniyat tinçlikning qadriga yetmay qöydimi? Faqat "buyuklik" maniyasiga duçor bölgan şaxslarning çet ellarda hokimiyat tepasiga kelişi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyatni nosoğlom idrok qiliş natijasida yuzaga keldi. Insoniyat tarixda bunday şaxslarni köp bora kuzatdi. Aql rivojlanib borib, nizolarni hal qiliş maqsadida şu darajada "dahşatli qurollar"ni yaratdi. Yangi davr ostonasida turibmiz. Sun'iy intellektning insoniyat hayotiga kirib kelişi natijasida "super dahşatli qurol" yaratiş asri boşlanganini his qilgan kişi qalbida yengil qörqinçli titroq vujudga keladi. Nizolar vaqtida kognitiv jarayon qan çalar faol bölişi, emotsional soha bilan teskari munosabatda boğliqligi mavjud. Nizoga emotsional berilib ketiş ong nazoratidan çetga çiqişga va vaziyatni ongli boşqariş rolining yöqolib ketişiga olib keladi. Nizoni qan çalar erta töxtatişga erişilsa, şunça vaziyatni töğri yönaltiriş mumkin. Nizoning ortidan kutiladigan natija doimo inson tasavvuridek bölib çiqmaydi. Çunki emotsional holatda baholangan qarşi tomon imkoniyatlarini baholaşdagi adaşiş koeffitsiyenti eng kamida 20 % ni taşkil qiladi.