Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

“AS VITAL” BIOLOGIK FAOL OZIQ-OVQAT QO‘SHILMASINING NEFROPROTEKTIV XUSUSIYATLARINI EKSPERIMENTAL TADQIQ ETISH

Ibrohimjon Rahmonovich AsqarovAndijon davlat universiteti, Kimyo kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi, O‘zbekiston TABOBAT Akademiyasi raisiSurayyoxon Abdusamatovna MamatqulovaShaxlo Isomiddin qizi TolipovaFarg‘ona davlat universiteti, tayanch doktoranti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada “AS VITAL” nomli biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi tarkibiga asos bo‘lgan 3:1 nisbatdagi o‘simlik ekstraktining kalamushlarda eksperimental surunkali glomerulonefrit modelida buyrak funksiyasi va morfologiyasiga ta’siri o‘rganilgani bayon etilgan. Modellashtirilgan nefritda qondagi kreatinin miqdori 37,8% ga oshdi, albumin 21,7% ga kamaydi, siydikdagi oqsil miqdori esa 3,2 marta ortdi. Buyrak tanachalarida Shumlyanskiy-Boumen kapsulasining parietal qatlami qalinlashdi, glomerula maydoni kattalashdi, siydik bo‘shlig‘ining esa torayishi kuzatildi. “AS VITAL” tarkibiga asos bo‘lgan ekstraktni qabul qilgan hayvonlarda qondagi kreatinin miqdori 10,6% ga kamaydi, albumin 10,5% ga oshdi, siydik bilan siydik kislotasi ajralishi 31,8% ga kamaydi. Morfometrik ko‘rsatkichlar qisman me’yorga yaqinlashdi. Natijalar ekstraktning buyrak funksiyasiga qisman korreksiyalovchi ta’sirini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba