Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

QORAQALPOGʻISTON SHAROITIDA «TOSHKENT ERTAGISI» KARTOSHKA NAVINI YETISHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining kuchsiz sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kartoshkaning «Toshkent ertagisi» navini ochiq dalada va qora polietilen plyonka ostida turli sug‘orish tartibotlarida yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi baholangan. 2024–2026 yillardagi tajriba ma’lumotlari asosida ishlab chiqarish xarajatlari, yalpi daromad, sof daromad, bir tonna mahsulot tannarxi va rentabellik darajasi taqqoslangan. Hosildorlik 19,4–22,2 t/ga oralig‘ida bo‘lgan. Eng yuqori sof daromad 6 marta sug‘orish va qora plyonka qo‘llanilgan variantda 16,18 mln so‘m/ga, rentabellik esa 26,3 % ni tashkil etgan. Ushbu variantda bir tonna kartoshka tannarxi 2,771 mln so‘m bo‘lib, jadvaldagi variantlar orasida eng past ko‘rsatkich qayd etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba