FARG‘ONA VODIYSI PETROFIL O‘SIMLIKLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysi va unga tutash Qurama, Chotqol, Oloy hamda Turkiston tog‘ tizmalaridagi petrofil o‘simliklarning floristik tarkibi, ekologik guruhlari, substratga bog‘liqligi va fitotsenologik xususiyatlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Manbalarni qiyosiy tahlil qilish natijasida petrofil o‘simliklarning quruq qoyalar, namroq qoya yoriqlari, toshloq-shag‘alli yonbag‘irlar, harakatchan tosh sochilmalari va sovuq baland tog‘ substratlari bilan bog‘liq ekologik guruhlari ajratildi. Zamonaviy fitotsenologik tadqiqotlarda petrofil jamoalarning tarkibiga geografik joylashuv, balandlik, tog‘ jinsining xususiyati va yonbag‘ir ekspozitsiyasi ta’sir etishini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari Farg‘ona vodiysi petrofil florasini inventarizatsiya qilish, ekologik nishalarni baholash va kamyob turlarni muhofaza qilish bo‘yicha keyingi izlanishlar uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.