Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TILSHUNOSLIKDA KORPUS LINGVISTIKASINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI: INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI QIYOSIY TAHLILI ASOSIDA

Dildora Munis Jumaboyevaqizi Lavozimi: Osiyo Xalqaro Universiteti, “Ijtimoiy fanlar va filologiya” kafedrasi
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan korpus lingvistikasining ilmiy-nazariy asoslari, shakllanish omillari, metodologik tamoyillari va amaliy imkoniyatlari ingliz hamda o‘zbek tillari qiyosiy tahlili asosida tadqiq etiladi. Korpus lingvistikasining empirik tilshunoslik bilan munosabati, til birliklarini tabiiy nutqiy muhitda o‘rganishdagi metodologik ahamiyati, korpuslarni shakllantirish mezonlari va lingvistik annotatsiyalash masalalari tahlil qilinadi. Corpus-based va corpus-driven yondashuvlarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlashtirilib, ularning leksik-semantik, grammatik va qiyosiy tadqiqotlardagi imkoniyatlari asoslanadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi sifatida ingliz va o‘zbek tillari materiallarini kompleks tahlil qilishga yo‘naltirilgan ko‘p bosqichli korpus-leksikografik konseptual model taklif etiladi. Model leksik birlikning lemma, grammatik shakl, ma’no, ta’rif, ekvivalent, kollokatsiya, kontekst va uslubiy belgi kabi parametrlarini o‘zaro bog‘liq tizimda tavsiflashga asoslanadi. Shuningdek, o‘zbek tilining agglutinativ xususiyatlari, morfologik variantlari, yozuv tizimidagi farqlar va kontekstual ekvivalentlik muammolarining korpus yaratish jarayoniga ta’siri yoritiladi. Olingan nazariy umumlashmalar milliy korpus resurslarini takomillashtirish, qiyosiy leksikografiya va raqamli tilshunoslikni rivojlantirish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar