TURLICHA SHO‘RLANGAN TUPROQLAR SHAROITIDA SORGHUM ALMUM PARODINING FOTOSINTEZ SOF MAHSULDORLIGIGA QURG‘OQCHILIKNING TA’SIRI
Annotatsiya
Ushbu maqolada noan’anaviy yem–xashak ekini Sorghum almum Parodining fotosintez sof mahsuldorligiga turlicha sho‘rlangan tuproqlar sharoitida qurg‘oqchilikning ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotlarda Sorghum almum Parodi (Kolumb o‘ti) bilan birgalikda Sorghum turkumiga mansub, Yapon jo‘xorisi va jo‘xorining mahalliy “Qorabosh” navlari ham taqqoslab o‘rganilgan. Tajribalar natijasida tuproq sho‘rlanishi va qurg‘oqchilik stressining ortishi bilan fotosintez jadalligi hamda sof mahsuldorligi sezilarli darajada kamayishi aniqlangan. Ammo Sorghum almum o‘zining rivojlangan ildiz tizimi, osmotik moslanish qobiliyati va suvdan samarali foydalanishi tufayli Sorghum turkumining boshqa turlariga nisbatan noqulay ekologik sharoitlarga yuqori darajada moslashuvchanlikni namoyon etdi. Ayniqsa, o‘rtacha sho‘rlanish va mo‘tadil qurg‘oqchilik sharoitlarida o‘simlikning fotosintetik faoliyati nisbatan barqaror saqlanib, biomassa hosildorligining keskin pasayishi kuzatilmadi. Olingan natijalar Sorghum almum Parodining Respublikamizning sho‘rlangan va suv tanqis hududlarda istiqbolli yem–xashak ekini sifatida yetishtirish imkoniyatlarini ilmiy jihatdan asoslaydi.
Hali tarjima qilinmagan