RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA O‘QITUVCHILAR KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MODELINING AMALIY SAMARADORLIGI VA PEDAGOGIK DINAMIKASI
Annotatsiya
Ushbu maqolada olis hudud umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan adaptiv-klasterli modelning amaliy samaradorligi va tajriba-sinov ishlari natijalari yoritilgan. Tadqiqot 2025–2026-o‘quv yili davomida Buxoro viloyatining chekka tumanlaridagi maktab o‘qituvchilari ishtirokida konstatatsion, shakllantiruvchi va yakuniy bosqichlarda amalga oshirildi. Tajriba (TG, ) va nazorat (NG, ) guruhlarida olingan sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar qiyosiy tahlil qilinib, taklif etilgan modelning natijadorligi matematik-statistik usullar — Pirsonning muvofiqlik mezoni () hamda Styudentning -mezoni yordamida ishonchli tarzda isbotlangan. Olingan natijalar tajriba guruhidagi o‘qituvchilarning kreativ-innovatsion darajasi sezilarli darajada oshganini va dars sifatiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatganini tasdiqlaydi.
Hali tarjima qilinmagan