Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

INVAZIV HASHAROTLAR MUAMMOSI: NAZARIY ASOSLAR, TARQALISH YO‘LLARI VA FARG‘ONA VODIYSIDA O‘RGANILISH HOLATI (SHARH)

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada invaziv hasharotlar muammosiga oid jahon, mintaqaviy va milliy adabiyotlar tahlil qilinib, Farg‘ona vodiysida bu muammoning o‘rganilish holati baholangan. Tadqiqot maqsadi – invaziya biologiyasining nazariy asoslari, invaziv hasharotlarning kirib kelish yo‘llari, ularni aniqlash va monitoring qilish usullariga oid zamonaviy qarashlarni tizimlashtirish hamda vodiy sharoitidagi ilmiy bo‘shliqlarni aniqlashdan iborat. Narrativ sharh usulida Scopus, Web of Science, Google Scholar va eLIBRARY bazalari, EPPO, CABI, GRIIS axborot tizimlari hamda milliy nashrlardagi 1958–2026-yillarga oid manbalar tahlil qilindi. Natijada invaziya jarayonining bosqichli konseptual modeli, invazivlikni izohlovchi asosiy gipotezalar (tabiiy dushmanlardan xalos bo‘lish, propagula bosimi, fenotipik plastiklik va tez evolyutsiya), kirib kelish yo‘llarining xalqaro tasnifi hamda so‘nggi o‘n yillikda Markaziy Osiyoda qayd etilgan yangi invaziv turlar umumlashtirildi. Farg‘ona vodiysida invaziv hasharotlar tadqiqotlari klassik faunistik, agrotsenotik va zamonaviy integrativ bosqichlarga ajratildi. Xulosa qilinishicha, vodiy uchun invaziv turlar ta’sirini standart mezonlar (EICAT) asosida baholash, populyatsion-genetik va iqlimiy modellashtirish tadqiqotlarini kengaytirish hamda transchegaraviy monitoring tizimini shakllantirish ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar