Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TOʻQIMA TUZILISHI OMILLARINI NAZARIY USULDA ANIQLASH

B.K. Xasanovt.f.n., dotsent Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiK.B. MurodxoʻjayevaPhD, dotsent Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiN.R.Sodiqovadotsent Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiD.T.Nazarovadotsent Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
2026en
ABI

Annotatsiya

Maqolada toʻquv oʻrilishining toʻqima tuzilishiga taʼsirini nazariy usulda baholash natijalari keltirilgan. Tadqiqotning maqsadi iplarning egilishdagi bikrligini inobatga olgan holda toʻqimaning asosiy tuzilish omillarini va tuzilish fazasini aniqlashdan iborat. Toʻqimachilik matolari texnologiyasi kafedrasi laboratoriyasida chiziqli zichligi 25x2 teks boʻlgan tanda va arqoq iplaridan, tanda boʻyicha 210 ip/dm va arqoq boʻyicha 110 ip/dm zichlikda polotno, sarja 1/3 va notoʻgʻri satin oʻrilishli toʻqimalarning tajriba namunalari ishlab chiqarildi. Nazariy hisoblar yordamida iplarning diametri, uzilish kuchi, egilishdagi bikrligi, toʻqimadagi tarangligi, egilish toʻlqini balandliklari va tuzilish fazasi koeffitsiyenti aniqlandi. Iplarning tarangligi oʻrilish rapportining kvadratiga teskari proportsional ekani, shu sababli sarja va satin oʻrilishli toʻqimalarda u polotno oʻrilishli toʻqimaga nisbatan toʻrt marta kam boʻlishi koʻrsatildi. Iplarning bikrligi inobatga olinganda tuzilish fazasi koeffitsiyenti 6,92 ga teng boʻlib, toʻqima sakkizinchi tuzilish fazasida, bikrlik inobatga olinmaganda esa koeffitsiyent 1,92 ga teng boʻlib, toʻqima oltinchi fazaga yaqin boʻlishi aniqlandi. Demak, iplarning egilishdagi bikrligini hisobga olmaslik tanda ipining egilish toʻlqini balandligini kam, arqoq ipining egilishini esa ortiqcha baholashga olib keladi. Olingan natijalar asosida toʻqimalarni loyihalashda iplarning bikrligini hisobga oladigan nazariy usuldan foydalanish hamda natijalarni toʻqima kesimini mikroskopik tahlil qilish orqali tajribada tekshirish tavsiya etiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar