Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O`ZBEK TILIDA MORFOLOGIK VOSITALAR ORQALI PRAGMATIK MA'NO IFODALANISHI

2025uz
ABI

Annotatsiya

Jаmiyat tаrаqqiyotidа nutq bеlgilоvchi o’rin tutаdi. U jаmоаdаgi kishilаrni birlаshtirish, mа’lum mаqsаd sаri yo’nаltirish imkоniyatigа egа. Kishilаr o’z tаfаkkur dаrаjаsi, fikrlаsh qоbiliyati vа imkоniyatlаrigа ko’rа so’zlаydilаr. Pragmatikada nutqiy harakat inson faoliyatining turli qirralari bilan bog’liqlikda o’rganiladi. Struktur(sistem) tilshunoslik til tizimini, til sistemasini o’rgansa, pragmatika diskurs (muloqot, o’zaro fikr almashuv, kommunikatsiya, aloqa-aralashuv, so’zlashuv) tizimini o’rganadi. Oddiy qilib aytganda, nutqiy muloqotni yaxlit bir tizim sifatida – bu jarayonning barcha lisoniy va nolisoniy omillari bilan uzviy bog’liqlikda, hamkorlikda o’rganuvchi fandir. So‘z ma’nolarini analiz qilish orqali shuni kuzatish mumkinki, barcha so‘zlar dastlabki bosqichda monosemantik xarakterga ega bo‘ladi. Ulardan muayyan narsa va hodisalarni ifodalash maqsadida foydalaniladi. Keyinchalik ular boshqa predmet va hodisalarni ifodalash maqsadlari uchun ham ishlatiladi. Natijada so‘zlarning keyingi ma’nolari kelib chiqadi[П1] [П2] . So`zning pragmatik ma`no tuzilishi: ma’noning torayishi va kengayishi kabi lingvistik hodisalar tilshunoslikda o’ziga xos tarzda tadqiq etilgan[1]. Bu hodisa, ayniqsa, leksikologik sathda atroflicha o’rganilgan bo’lib, ko’pchilik ishlarda leksik ma’no doirasida tahlil etilgan. [1]Nurmonov.A. Lisoniy belgi xususiyatlari haqida. Andijon, 1992 y, 10-20 betlar; [П1] [П2]

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba