Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

“AS-MIR” OZIQ-OVQAT QOSHILMASINING O‘TKIR ZAHARLILIGI HAMDA YALLIG‘LANISHGA TA’SIRI ANIQLASH

Mirzoxidbek Muzafarjon o’g’li BokiyevAndijon davlat tibbiyot instituti Biologik kimyo kafedrasi assistentiIbrohimjon Rahmonovich AsqarovAndijon davlat universiteti, Kimyo kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi, O‘zbekiston TABOBAT Akademiyasi raisiVahobjon Umarovich Xo‘jayevQo‘qon davlat universiteti professori, kimyo fanlari doktoriIrodaxon Yusupovna MamatovaAndijon davlat tibbiyot instituti Biologik kimyo kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda xalq tabobatida keng qo‘llaniladigan qizil karam (Brassica oleracea var. capitata f. rubra) yer ustki qismi va yerqalampir (Armoracia rusticana) ildizining 3:1 nisbatdagi aralashmasidan olingan etanolli ekstrakt (AS-MIR) ning o‘tkir zaharliligi va yallig‘lanishga qarshi (anti-ekssudativ) faolligi laboratoriya hayvonlarida o‘rganildi. O‘tkir zaharlilik testi OECD (2001) xalqaro ko‘rsatmalari asosida oq sichqonlarda 5000 mg/kg dozada o‘tkazildi va moddaning o‘rtacha o‘lim dozasi LD50> 5000 mg/kg ekanligi, ya’ni VI sinf (nisbatan zararsiz) birikmalarga mansubligi aniqlandi. Yallig‘lanishga qarshi faollik kalamushlarda "karaginin modeli" yordamida AS-MIR ning 25, 50 va 75 mg/kg dozalarida hamda qiyosiy preparat Laksidol (10 mg/kg) ishtirokida baholandi. Natijalarga ko‘ra, AS-MIR ning 25 mg/kg dozasi karaginin yuborilgandan keyin 3-soatda eng yuqori anti-ekssudativ faollik (58,2%) ko‘rsatdi va samaradorlik jihatidan Laksidol preparati bilan statistik jihatdan deyarli teng qiymatni namoyon etdi. Bundan tashqari, fitokimyoviy tahlillar o‘simliklar tarkibidagi sulforafan, indol-3-karbinol va glyukozinolatlar kompleksi yallig‘lanish o‘choqlarini so‘ndirish bilan bir qatorda, moyak bezi saratoni kabi onkologik kasalliklarda o‘sma hujayralarining proliferatsiyasini tormozlash va detoksifikatsiya jarayonlarini faollashtirishda yuqori istiqbolga ega ekanligini ko‘rsatadi

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba