LMS PLATFORMALARIDA ARALASH TA’LIM VA UNING AFZALLIKLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada LMS platformalari asosida aralash ta’limni tashkil etishning pedagogik va axborot-texnologik modelini ishlab chiqishning ahamiyati tahlil qilingan. Bunda sun’iy intellekt va LMS platformalari o’qituvchi hamda talabalarga yanada qulaylik yaratishi yoritilgan. Shuningdek, o’zbek va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari asosida LMSning oliy ta’lim jarayonini modernizatsiyalash, talaba markazlashgan ta’lim muhitini shakllantirish va 4C kompetensiyalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga ko’ra, Moodle, Google Classroom va boshqa platformalardan foydalanish talabalarning o’zlashtirish darajasi va o’quv darajasini oshirishga xizmat qiladi. Mazkuz imkoniyatlar orqali talabalarning mustaqil ta’lim olish imkoniyati kengayishi, istalgan vaqt va joyda o’quv materiallaridan foydalanish mumkinlik darajasi bayon etilgan.Talabalardan LMS platformalarida faqat topshiriqlarni bajarish va berilgan resurslarda foydalangan holda o`quv materiallarini o`zlashtirish talab etiladi. Bu orqali ta`lim jarayonini optimallashtirish va ta`lim sifatini yanada oshirish kutilmoqda.
Hali tarjima qilinmagan