TURKIYADA AMALGA OSHIRGAN TIL VA ATAMA ISLOHOTLARI
Annotatsiya
Annotatsiya Maqolada 1928-1938-yillarda Turkiya Respublikasida Mustafo Kamol Otaturk rahnamoligida amalga oshirilgan til islohoti (Dil Devrimi) va u bilan bogʻliq atamashunoslik faoliyati til siyosati nazariyasi nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Islohotning toʻrt yoʻnalishi: grafik, institutsional, leksik va terminologik yoʻnalishlari qonun matnlari, lugʻatlar hamda birlamchi hujjatlar asosida koʻrib chiqiladi. Tadqiqotga 300 dan ortiq leksik, terminologik va onomastik misol jalb etilib, ular oʻn bir semantik guruh boʻyicha tasniflanadi. Otaturkning “Geometri” asarida yaratilgan matematik atamalar hamda islohot natijasida yuzaga kelgan uslubiy juftliklar alohida jadvallarda tahlil qilinadi. Islohotning miqdoriy natijalari rasmiy statistik manbalar asosida keltiriladi. Xulosa qismida turk tajribasi oʻzbek yozuvi va atamashunosligi tarixi bilan qiyoslanib, milliy terminologiyani rivojlantirishga oid uch nazariy xulosa taklif etiladi. Kalit soʻzlar: til islohoti, til siyosati, purizm, alifbo islohoti, atamashunoslik, terminologik yasalish, Turk Dil Kurumi, Quyosh-til nazariyasi, onomastika, uslubiy juftlik, qiyosiy turkologiya.